Bu haqda vazirning matbuot kotibi Anna Usaçyova xabar qilgan.

“Madaniyat vaziri Olga Lyubimova masofadan işlamoqda. Uning koronavirusga testlari natijasi musbat çiqdi, u uyda qolib, işçi yiğilişlarni videoanjuman şaklida ötkazmoqda, uçraşuv va muzokaralarda onlayn-formatda iştirok etmoqda. Unda kasallik yengil körinişda ötmoqda, şifoxonaga yotqiziş haqida gap ketmayapti”, deb ma'lum qilgan Usaçyova. 

Lyubimova Rossiya hukumatining koronavirusga çalingan uçinçi a'zosi böldi. Birinçi bölib 30 aprelda virusga çalinganini boş vazir Mixail Mişustin ma'lum qilgandi. 1 mayda esa koronavirus quriliş vaziri Vladimir Yakuşevda aniqlangan.

Bundan taşqari, ta'lim va fan vaziri Valeriy Falkov özini izolyatsiyalaş rejimiga ötgan. Ma'lum qilinişiça, vazir uning qöl ostidagilardan biri koronavirusga çalingandan keyin masofadan işlaşga ötgan.