«Ha, men kasallandim. Davolanyapman», deya xabar bergan uning özi agentliklarga. U özining holati va kasallaniş darajasi böyiça aniqlik kiritmagan.

Peskovning rafiqasi Tatyana Navkada ham virus aniqlangan.

Rossiyada Covid-19 epidemiyasi boşlangan vaqtda, aprel oyi boşida Dmitriy Peskov ma'lum muddat davomida virus blokatorini taqib yurgan, ammo köp ötmay bu qurilma samarali emasligi ma'lum bölgandi. Jurnalistlar bu qurilma haqida söraşganida, Peskov u virusdan qançalik himoya qila olişini bilmasligini aytgandi.

«Bu vosita virusdan himoyalanişga yordam beriş-bermasligini bilmayman. Men uni dorixonadan sotib oldim. Bilasizmi, hozir köpçilik profilaktika nuqtai nazaridan turli vositalardan foydalanmoqda. Töğrisi, buning qandaydir foydasi borligiga işonmayman. Köplab ekspertlar bu zarar keltirişi mumkinligini haqida ta'kidlaganini ham öqiganman», degandi Putinning matbuot kotibi.

Mart oyi oxirida Peskov Rossiya prezidenti administratsiyasida kasallikka çalinganlar borligi haqida xabar bergandi. Keyinroq Rossiya hukumatining uç nafar a'zosi, jumladan boş vazir Mixail Mişustinda koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma'lum böldi.

RIA «Novosti» manbasining aniqlaşiça, Peskov sönggi marta 30 aprel kuni Putin iştirokidagi yiğiliş vaqtida köriniş bergandi — öşa kuni boş vazir Mixail Mişustinga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgandi. TASS manbasi xabar berişiça, Peskov Putin bilan yuzma-yuz uçraşmaganiga bir oy vaqt bölgan.

Prezident Vladimir Putin aprel oyidan buyon Moskva yaqinidagi Novo-Ogareva qarorgohida izolyatsiya rejimida yaşamoqda. U taşqariga faqat 9 may kuni Ikkinçi jahon uruşi qurbonlarini xotirlaş uçun çiqdi.

Covid-19’dan zararlangani haqida xabar berar ekan, Peskov prezident Putin çorşanba kuni aviasanoatni qöllab-quvvatlaş böyiça yiğiliş ötkazişi haqida ham ma'lum qilgan.

11 may kuni Putin Rossiyada işlanmaydigan kunlar yakunlangani haqida e'lon qildi. Rossiya hududlari karantin çoralarini bosqiçma-bosqiç yumşatib boradi. Moskvada quriliş va sanoat korxonalari faoliyati tiklangan. Şu bilan birgalikda, poytaxtda jamoat joylarida tibbiy niqob taqiş majburiy hisoblanadi.

Rossiya bugun koronavirusdan zararlaniş holatlari böyiça jahon reytingida ikkinçi öringa çiqib oldi. Sönggi bir kunda mamlakatda yana 10 899 kişida Covid-19’dan zararlaniş holati tasdiqlangan va jami holatlar soni 232 243taga yetgan. Rossiya bu orqali jahon reytingida Ispaniyani ham ortda qoldirdi va endi bu borada faqat AQŞdan ortda qolmoqda. Şu bilan birgalikda, Rossiyada ölimlar soni AQŞ va Yevropaning yirik davlatlaridagiga qaraganda kamroq - 2 116 ölim.