Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng xaridorgir Android-smartfonlar ma'lum qilindi

Samsung Galaxy A51. Foto: Phone Arena
Strategy Analytics tahliliy firmasi 2020 yil 1-choragida butun dunyoda Android-smartfonlar savdosi bo‘yicha hisobotni taqdim qildi. Tadqichotchilar ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshida eng xaridorgir smartfon Samsung qurilmasi bo‘ldi.
Shu tariqa, Android operatsion tizimida ishlovchi eng xaridorgir smartfonlar reytingiga Samsung Galaxy A51 hamyonbop smartfoni yetakchilik qilmoqda. 1-chorak ushbu smartfondan 6 mln dona sotilgan va bu ko‘rsatkich ushbu vaqt ichida sotilgan barcha Android-smartfonlarning 2,3 foizini tashkil qiladi. Galaxy A51 butun dunyoda, ayniqsa Yevropa va Osiyoda talabgir bo‘lgan.
2-o‘ringa Redmi 8 qo‘yilgan, ushbu smartfon bozorning 1,9 foizini egallagan. Smartfon asosan Xitoyda talabgir hisoblanadi, biroq Yevropada ham unga qiziqish ortib bormoqda.
Yuqoridagi ikki smartfon ham o‘rta va hamyonbop narxdagi qurilmalar segmentiga kiradi. Strategy Analytics’da ta'kidlanishicha, arzon gadjetlarga talabning oshishi foydalanuvchilar koronavirus pandemiyasi ortida o‘z moddiy holatlaridan tashvishlanishlari bilan bog‘langan.
Reytingga hammasi bo‘lib 6 ta smartfon kiritilgan. Ushbu ro‘yxatga kirgan yagona qimmatbaho qurilma Samsung Galaxy S20+ bo‘ldi. U bozorning 1,7 foizlik ulushi bilan 3-o‘rinni egallagan. Ro‘yxatdan Samsung Galaxy A10s (1,6 foiz ulush), Redmi Note 8 (1,6 foiz) va Galaxy A20s (1,4 foiz) ham joy olgan.
Butun dunyoda 1-chorakda hammasi bo‘lib 275 mlnta smartfon sotilgan. Bundan 86 foizi Android-smartfonlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
-
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi
Jahon | 13:39
-
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:09
Mavzuga oid

11:08 / 09.12.2018
2018 yilning eng ommaviy Android-smartfonlari ma'lum qilindi

21:13 / 19.05.2018