Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2805 taga köp. Oxirgi beş yilda bunday korxonalarning umumiy soni 1,3 barobar oşdi.

Xorijiy kapital iştirokidagi korxonalar sonining ösişi, birinçi navbatda, savdo (yil davomida 1205 ta kompaniya qöşildi), axborot-kommunikatsiya (+256) va quriliş (+271) hisobiga ta’minlandi.

Bunday korxonalarning yarmidan köpi (64,2 foizi) Toşkent şahrida röyxatga olingan. Hududlar orasida Toşkent viloyati (12,3 foiz), Samarqand (3,7 foiz) va Surxondaryo (3,3 foiz) viloyatlari ham bor.

Xitoy hamon faoliyat körsatayotgan korxonalar soni böyiça birinçi örinda — 4192 ta yoki jami korxonalarning 25,1 foizi. Rossiya kompaniyalari soni 161 taga (jami 3089 taga), Turkiya kompaniyalari soni 181 taga (2007), Qozoğiston kompaniyalari soni 116 taga (1157) oşgan.