Gadjyetlar unumdorligini taqqoslovçi AnTuTu kompaniyasi Android operatsion tizimida işlovçi, 2018 yilning eng ommaviy smartfonlarini ma'lum qildi. Reyting kompaniya saytida e'lon qilingan.

Reytingning eng yuqori örnini Xiaomi Mi 8 Explorer Edition smartfoni egallagan. Uning reytingi 97 foizni taşkil qilgan. Ekspertlar 2-öringa Samsung Galaxy S9+’ni, 3-öringa Meizu 16th’ni qöyişgan. Bu smartfonlar reytingi 96 foizni taşkil qilgan.   

Huawei Mate 10 Pro, Oppo Find X va Meizu 16th Plus smartfonlari 95 foizlik reyting bilan 4-6-örinlarni bölişgan. 7-öringa OnePlus 6, 8-öringa Huawei Mate 10, 9-öringa esa oldinga surilib çiquvçi old kameraga ega Vivo NEX Ultimate qöyilgan.

Yetakçi öntalikning sönggi örnini Samsunğning yana bir qurilmasi – Galaxy S8+ egallagan. 

Reyting yetakçisi Mi 8 Explorer Edition yuzning 3D-skaneri va ekran ostiga joylaştirilgan barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Biroq 3D-skaner yevropalik körinişga ega odamlar yuzini taniy olmaydi, ammo buni mintaqani Xitoyga özgartirib tuzatiş mumkin. Şuningdek, smartfonning orqa panelida smartfon içidagi butlovçi qismlar, jumladan Snapdragon 845 protsessori surati tuşirilgan.