07:28 / 18.05.2020
3995
Seyshel orollari pandemiya sababli 2022 yilgacha kruiz laynerlarini qabul qilmaydi

Seyshel orollari pandemiya sababli 2022 yilgacha kruiz laynerlarini qabul qilishdan bosh tortdi. Bunday qaror aholini koronavirusga chalinishdan himoyalash uchun qabul qilingan.

Foto: Getty Images

Bu haqda Afrikaning sharqiy sohili yaqinida joylashgan orollarning turizm, fuqarolik aviatsiyasi, portlar va dengiz tashuvlari bo‘yicha vaziri Se Dide Dogli ma'lum qildi, deb xabar berdi Travel & Leisure nashri.

Ayni vaqtda Seyshelda koronavirusga chalinish bo‘yicha 11 ta holat qayd etilgan. Biroq sayyohlar dam olgani kelib mamlakatga infeksiya olib kirishlari xavfi mavjud. Biznes vakillari hukumatning bu qarorini qo‘llab-quvvatlagan. “Kruiz industriyasi butun dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalishining asosiy katalizatori bo‘ldi va hukumat koronavirus o‘rta muddatli istiqbolda ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta'sirni yumshatish uchun har tomonlama puxta o‘ylangan qaror qabul qildi”, deb aytgan milliy portlar boshqarmasi direktori Ronni Brut.

Avvalroq bir nechta kruiz laynerlarida koronavirus tarqalishi kuzatilgandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top