00:07 / 18.05.2020
7430
Turkmaniston barcha xalqaro aviareyslar bekor qilinishini 20 iyungacha uzaytirdi
Foto: Turkmenistan Airlines

“Turkmaniston avialiniyalari” koronavirus pandemiyasi sababli barcha xalqaro reyslarning bekor qilinishini 20 iyungacha uzaytirdi. 

Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Shu tariqa, Ashxoboddan Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon Minsk, Olmaota, Frankfurt-Mayn, Birmingem, Amritsar, Dehli, Dubay, Abu-Dabi, Pekin va Bangkokga va ortga reyslar bo‘lmay turadi.

“Barcha bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari pullari qaytarilishi uchun ariza rasmiylashtirishlari yoki parvozlar qayta boshlanishini kutib, chiptalarni eng yaqin qulay reyslarga qayta bronlashlari mumkin”, deyilgan xabarda.

Bundan avval turkman aviakompaniyasi barcha xalqaro aviareyslarni 20 maygacha bekor qilgandi. 

Turkmanistonda ayni vaqtda koronavirusga chalinish holatlari rasman qayd qilinmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top