Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Humo Air 10 martdan mahalliy qatnovlarni to‘xtatadi
Aviakompaniya buni yaqin va uzoq xorij yo‘nalishlarda qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi bilan izohladi.
O‘zbekistonning Humo Air loukoster aviakompaniyasi 10 martdan mahalliy qatnovlar to‘xtatilishini ma’lum qildi.
«Aviakompaniyani Qozog‘iston, BAA, Turkiya, Xitoy, Qatar va Ozarboyjon kabi davlatlarga xalqaro reyslarni amalga oshirishga tezkorlik bilan tayyorlash maqsadida 10 martdan boshlab O‘zbekiston ichidagi ichki reyslarni vaqtincha to‘xtatadi», deyiladi xabarda.
Humo Air vakilining ta’kidlashicha, 2024 yil aprel oyida xalqaro yo‘nalishlar ochiladi, aviachiptalar narxi esa past darajada ushlab turiladi.
Qayd qilinishicha, mahalliy yo‘nalishlardagi ikki oylik reyslar davomida loukoster O‘zbekiston bo‘ylab 100 mingdan ortiq yo‘lovchini tashigan va bu uning «xorijiy yo‘nalishlarni ochishga to‘liq tayyorligini tasdiqlaydi».
Mavzuga oid
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
20:36 / 30.12.2025