23:44 / 18.05.2020
3852
Yaponiyaning eng mashhur tog‘i koronavirus sababli alpinistlar uchun yopib qo‘yildi

1960 yildan beri ilk bor Yaponiyaning Fudziyama tog‘iga chiqishda qo‘llanuvchi 4 ta yo‘nalishning barchasi koronavirus tarqalishi oldini olish uchun yopib qo‘yildi.

Foto: KUN.UZ

Yaponiya rasmiylari virus tarqalishi oldini olish uchun tog‘ga ko‘tarilishni istovchilarga uning yonbag‘irlarini yopishga qaror qilishdi. 

“Yaponiyaning eng baland cho‘qqisiga olib boruvchi 4 ta asosiy yo‘nalishdan 3 tasini boshqaruvchi Sidzuoka prefekturasi ma'muriyati joriy yilda tog‘ga chiqish uchun yo‘nalishlardan birortasi ochilmasligini e'lon qildi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, Yamanasi prefekturasi ham cho‘qqiga ko‘tarilishda qo‘llanuvchi 4-yo‘nalishning yopilishi haqida e'lon qilgan. Fudziyamaga ko‘tarilish mavsumi odatda iyuldan sentyabrgacha davom etadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top