15:42 / 19.05.2020
10958

Pandemiya Yevropa avtomobil bozorini inqirozga uchratdi

Ayniqsa, pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan va koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda qat'iy choralar qo‘llagan mamlakatlarda yangi avtomobillar sotuvi keskin kamayib ketdi.

Foto: DPA

Koronavirus pandemiyasi Yevropa avtomobil bozorlarining qulashiga olib keldi. Aprelda YeIda yangi yengil avtomobillar sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 76,3 foizga pasaydi, deb xabar berdi Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi.

Ma'lumot berilishicha, bu 2020 yilning dastlabki to‘rt oyi davomida savdo ko‘rsatkichi 38,5 foizga pasaygan. Ushbu statistikaga YeI mamlakatlari, Islandiya, Norvegiya, Shveytsariya va Buyuk Britaniya kiritilgan.  

Bunda pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan va koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda qat'iy choralar qo‘llagan mamlakatlarda yangi avtomobillar sotuvi keskin kamayib ketdi - Italiya (97,6 foiz), Ispaniya (96,5 foiz), Belgiya (90,1 foiz), Fransiya (88,8 foiz), Irlandiya (96,1 foiz), Buyuk Britaniya (97,3 foiz). Germaniyada aprel oyida avtomobillar savdosi 61,1 fozga pasaygan.

Avtomobil bozorining qulashiga ishlab chiqarishning bir necha haftaga to‘xtab qolishi hamda dilerlik markazlarining yopilishi sabab bo‘ldi, deya qayd etadi ACEA.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top