12:41 / 23.05.2020
4542
Deputat 600dan ortiq oilaga moliyaviy yordam ko‘rsatdi

Karantin vaqtida insonlar moliyaviy ko‘makka har doimgidan muhtojroq bo‘ladi. Bunday damda saxovatli tadbirkorlar katta sahnaga chiqishyapti. Masalan, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi «Anis parranda» MChJ 100dan ortiq oilaga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib, ularning plastik kartalariga pul o‘tkazib turibdi. Shuningdek, korxona 500dan ortiq oilaga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatdi.

Korxona rahbari hisoblangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Baxtiyor Bayzakov Ramazon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimizni tabrikladi.

Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish borasidagi farmonlar uzoqni o‘ylab qabul qilinganini ko‘rdik. Ular har bir soha vakillari, jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan biz kabi korxonalarga og‘ir damda yelkadosh bo‘lib turganini his qilmoqdamiz.

Hukumat siyosati darajasida qabul qilingan ushbu farmonlar bilan tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyoz va preferensiyalar, xususan muddati o‘tib ketgan qarzlarga jarima sanksiyalari yoki undiruv choralari qo‘llanmasdan, aksincha ularni va boshqa majburiy to‘lovlarni kechiktirish choralari ko‘rildi. Natijada biz faoliyat yuritayotgan «Anis parranda» MChJ ham o‘z ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatgani yo‘q. Ish o‘rinlari qisqartirilmay 90 nafardan iborat jamoa a'zolarining oylik maoshlari vaqtida berib kelinmoqda.

Ishchilarga zarur shart-sharoitlar tashkil etilib, ijtimoiy masofa saqlangan holda faoliyat davom ettirilmoqda. Ular bepul tarzda bir martalik tibbiy niqoblar, antiseptik vositalar bilan muntazam ta'minlanyapti.

Azaldan xalqimiz bag‘rikeng, qo‘li ochiq, saxovatpesha, siylai-rahmli bo‘lib, bugungi pandemiya sababli e'lon qilingan karantin kunlarida oddiy fuqarolardan tortib tadbirkorlargacha o‘zlarining bu fazilatlarini namoyon qilib kelmoqda.

Xalqimizning yuqorida ta'kidlab o‘tilgan xislatlarini inobatga olgan holda «Sahovat va ko‘mak» dasturi qabul qilindi. Bugun ushbu tashabbusni tadbikorlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillari, korxona va tashkilotlar xodimlari qo‘llab-quvvatlayotgani quvonarli.

Bizning jamiyatimiz ham bu dasturdan chetda qolmadi. Hovli joylarda yashaydigan fuqarolarga ularning tomorqa maydonlari hajmidan kelib chiqib 500-2000 donagacha broyller jo‘jalari tekinga tarqatildi. Bundan tashqari jamiyatimiz 100dan ortiq kam ta'minlangan xonadonlarni otaliqqa olib, plastik kartalariga beg‘araz pul mablag‘lari tushirib berildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida menga ishonch bildirgan okrugda istiqomat qiluvchi 500dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga homiylik yordamlari ko‘rsatildi.

Umid qilaman, hammamiz bir tan-u bir jon bo‘lib birlashib, Alloh tomonidan berilgan bu sinovlardan o‘zining madadi bilan eson-omon o‘tib olamiz. Fursatdan foydalanib butun xalqimizni kirib kelayotgan muborak Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy qutlab, ularning oilalariga Allohdan tinchlik, xotirjamlik, salomatlik, qut-baraka tilab qolaman.

Hurmat bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 40-«Qatortol» okrugi deputati Baxtiyor Bayzakov

Top