«Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda taşkillaştirilgan tartibda işga joylaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga köra, mehnat migratsiyasida bölgan davrda murakkab moliyaviy vaziyatda qolgan fuqarolarga ajratiladigan bir martalik moddiy yordam puli miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 2 barobaridan 5 barobarigaça oşirildi.
Şuningdek, vaqtinçalik yaşaş joyisiz qolgan fuqarolarning vaqtinçalik yaşaş joylariga (xostel) joylaştiriş bilan boğliq xarajatlar 300 AQŞ dollaridan, 500 AQŞ dollargaça oşirildi.
Şu bilan birga, xorijiy davlatlarga taşkiliy tarzda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida ketayotgan fuqarolarning hayoti, soğliği va boşqa tavakkalçiliklarini suğurtalaş böyiça suğurta mukofoti örnini qoplaş 300 ming sömgaça, oğir turdagi kasalliklarga çalingan va baxtsiz hodisalarga uçragan fuqarolarning davolaniş bilan boğliq xarajatlari 1000 AQŞ dollaridan, 1500 AQŞ dollargaça oşiriladi.
Murakkab moliyaviy vaziyatda qolgan barça ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlari beğaraz tarzda Vatanga qaytariladi.











