19:45 / 29.05.2020
6159

Minnesota shtati poytaxtida namoyishchilar 170dan ortiq korxonaga zarar yetkazdi

Minneapolisda uch kundan buyon tartibsizliklar davom etmoqda. Bunga afroamerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida o‘lgani sabab bo‘ldi.

Foto: REUTERS

Minneapolis shahrida boshlangan tartibsizliklar Minnesota shtati poytaxti Sent-Pol shahriga ham ko‘chdi, deb xabar berdi Sent-Pol shahri politsiyasi.

"170dan ortiq korxonaga zarar yetkazilgan yoki talangan. O‘nlab yong‘inlar qayd etildi", - deyiladi politsiya xabarida.

Mahalliy televideniye muxbirining xabar berishicha, ayrim do‘konlar eshigida "Bu yerning egasi qora tanli" degan yozuv borligi uchun omon qolgan.

Minneapolisda uch kundan buyon tartibsizliklar davom etmoqda. Bunga afroamerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida o‘lgani sabab bo‘ldi. 

Ushbu xabar tarqalishi bilan shahar politsiyasi rahbariyati uni qo‘lga olishda qatnashgan to‘rt politsiyachining ishdan bo‘shatilganini ma'lum qildi. Floydning o‘limi bo‘yicha FQB surishtiruv boshlagan.

Top