07:30 / 31.05.2020
10119

NASA rahbari Ilon Mask fazoviy kemasining tarixiy parvoziga izoh berdi

AQShning NASA koinot agentligi direktori Jyeyms Braydenstayn tadbirkor Ilon Maksning SpaceX kompaniyasi ishlab chiqqan Crew Dragon fazoviy kemasi parvoziga izoh berib, kema Xalqaro koinot stansiyasiga tutashgandan keyingina muvaffaqiyatni nishonlashini aytdi.   

Foto: Steve Nesius / Reuters

Braydenstayn raketa starti muvaffaqiyatli o‘tgandan keyin o‘zini yengil his qilganini, biroq bortida astronavtlar Daglas Xerli va Robert Benken bo‘lgan Crew Dragon kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga tutashgandan keyingina ushbu muvaffaqiyatni nishonlashini aytdi. Uning ta'kidlashicha, u kemaning XKSga tutashishi ortidan Xyustondagi fazoviy parvozlar markazidan kuzatadi.

NASA rahbarining aytishicha, kema belgilangan orbitaga chiqqach XKSga tutashish oldidan uning manyovr dvigatellari yoqiladi. U ayni vaqtda astronavtlarga dam zarurligini, bu orada Yerdagi jamoada “dam olish uchun bir daqiqa” ham bo‘lmasligini aytgan. 

31 may kuni Toshkent vaqti bilan 00:22 da bortida Crew Dragon kemasi bo‘lgan Falcon 9 kemasi Floridadigi kosmodromdan fazoga uchirildi. Ushbu parvoz Crew Dragon’ning XKSga ikkinchi va bortida fazogirlar bilan birinchi parvozi bo‘ldi. Kemaning XKSga tutashishi raketa startidan taxminan 19 soat keyin yuz berishi kerak.

2011 yildan beri XKSga fazogirlar Rossiyaning “Soyuz” turidagi kemalari bilan yetkazib kelingan. NASA va “Roskosmos”ning XKSga bir fazogirni 90 mln dollarga yetkazishni ko‘zda tutuvchi shartnomasi 2020 yil oktyabrda nihoyasiga yetadi. 

Mavzuga oid
Top