Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bentley ming nafar ishchisini bo‘shatmoqda
Bentley korxonasi o‘tgan oyda faoliyatini tiklagan, ammo hozirda quvvatining 50 foizidan foydalanmoqda.

Foto: Reuters
Britaniyaning "lyuks" toifasidagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi Bentley kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish maqsadida ish o‘rinlarining chorak qismini qisqartiradi.
"Biz yetti haftalik to‘xtab turish oqibatidagi yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun barcha imkoniyatlardan foydalandik", - dedi Bentley bosh ijrochi direktori Edrian Xolmark.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bentley inqiroz sababli bu yil zarar ko‘rishi mumkin.
"Biz daromadning 25 foizini yo‘qotib bo‘ldik va ixtiyorimizda atigi yarim yil qoldi. Bu yil sezilarli foyda olish juda qiyin", dedi u.
Kompaniya 4,2 ming ish o‘rnidan mingtasini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Xolmarkning qayd etishicha, Bentley korxonasi o‘tgan oyda faoliyatini tiklagan, ammo hozirda quvvatining 50 foizidan foydalanmoqda.
Avvalroq Britaniyadagi avtomobil ishlab chiqaruvchi yana bir kompaniya - Aston Martin Lagonda, Lookers avtodileri hamda ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi qator korxonalar ish o‘rinlarini qisqartirishini e'lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
XJSdan Siluanov va Nabiullinani hibsga olish uchun order berish so‘raldi
Jahon | 08:41
-
O‘zbekiston ispanlar orasida sayohat uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi
O‘zbekiston | 08:25
-
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi
Jahon | 08:24
-
Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:08
Mavzuga oid

15:41 / 11.05.2023
“Ikkitasi birda”: Bentley’dan Porsche’gacha - yo‘ltanlamas sportkarlar (fotojamlanma)

19:15 / 03.12.2020
Manba: O‘zbekistonda Bentley elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkin

23:21 / 04.10.2018
Bentley avtomobilsozlik kompaniyasi BAAdagi eng baland tog‘da restoran ochmoqda

12:18 / 03.07.2018