Unda quyidagilar belgilangan:

  • tayinlovçi (notifikatsiyalovçi) organga va muvofiqlikni baholaş böyiça tayinlangan (notifikatsiyalangan) organlarga qöyiladigan talablar;
  • muvofiqlikni baholaş böyiça tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarning majburiyatlari;
  • reyestrni yuritiş tartibi;
  • muvofiqlikni baholaş böyiça tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organning maqomini oliş va özgartiriş tartibi.

Muvofiqlikni baholaş organini tayinlaş (notifikatsiya qiliş) uçun quyidagi talablar belgilangan:

  • muvofiqlikni baholaş organlari bilan manfaatlar töqnaşuvining yöqligi;
  • öz faoliyatini xolislik va beğarazlik asosida taşkil etiş va amalga oşiriş;
  • muvofiqlikni baholaş organini tayinlaş töğrisidagi har bir qarorning muvofiqlikni baholaş organi bilan boğliq bölmagan vakolatli şaxslar tomonidan qabul qilinişi;
  • muvofiqlikni baholaş böyiça tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlardan olingan ma’lumotlarning maxfiyligi.

Muvofiqlikni baholaş organlari tegişli texnik reglamentlarga muvofiq muvofiqlikni baholaş tartib-taomillarini bajariş uçun quyidagi şartlarda tayinlanişi (notifikatsiya qilinişi) mumkin, başarti ular:

  • mulkçilik şakllaridan qat’i nazar, Özbekiston rezidentlari bölgan yuridik şaxslar;
  • oxirgi uç yil mobaynida mahsulotning muvofiqligini baholaş böyiça işlarni bajariş tajribasiga ega bölsa;
  • belgilangan soha doirasida mahsulot sinovlarini ötkaziş uçun özlarining akkreditatsiyadan ötgan sinov laboratoriyalariga ega bölişi;
  • muvofiqlikni baholaş tartib-taomillarini tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarni jalb etgan holda qöllaş nazarda tutilgan tegişli texnik reglamentlarda belgilangan maxsus talablarga, agar bunday talablar texnik reglamentlarda belgilanmagan taqdirda esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus talablarga muvofiq bölsa.