17:17 / 10.06.2020
4285
750 mln so‘mlik tovarlarni hujjatlardan tushirib qoldirish rejasi chippakka chiqarildi

Bojxona organlari tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblash va davlatimiz budjetiga to‘lovlarni undirish borasida tizimli ravishda ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ayrim shaxslar tomonidan to‘lovlarni to‘lashdan qochish maqsadida xorijdan olib kelinayotgan hamda belgilangan me'yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlarni hujjatlarda ko‘rsatmasdan “yashirincha” olib kirishga urinish holatlari uchrab turibdi.

Xususan,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona postiga xorijiy mamlakatdan kirib kelgan  “Mersedes Benz” rusumli yuk avtotransport vositasi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, mazkur yuk avtotransport vositasida hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha va hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 750 million so‘mlik jami 125 turdagi 55 406 dona yengil avtotransport vositalarining ehtiyot qismlari hamda 410 kg. universal gayka-boltlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top