09:39 / 10.06.2020
4294
Abonent boshqa mobil tarmoqqa o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda

Mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa tarmoqqa o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa tarmoqqa o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini joriy etish haqida petitsiya joylashtirildi.

Prezidentning 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-son qarori 5-bandida “mijozlarni mobil aloqa raqamiga bog‘liq holda masofadan identifikatsiya qilish mexanizmining samarali ishlashini ta'minlash maqsadida 2018 yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa mobil aloqa tarmog‘iga o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini ishlab chiqish” vazifasi belgilangandi. 

“Bu tartibni amalda qo‘llash, mobil operatorlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, abonentlarni qo‘shimcha SIM-kartalardan ozod qiladi, maqbul tanlov imkoniyatini yaratadi hamda xizmat haqlarining pasayishiga sabab bo‘ladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa mobil aloqa tarmog‘iga o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

Top