08:36 / 10.06.2020
3487
Markaziy bank valuta ayirboshlash bankomatini izlash bo‘yicha telegram botni ishga tushirdi

Markaziy bank valuta ayirboshlash bankomatlarini endi yangi telegram bot orqali izlash imkoniyatini taqdim etdi.

Markaziy bank tomonidan avtomatlashtirilgan valuta ayirboshlash bankomatlarining joylashuv manzili bo‘yicha @uz_avtovash_bot telegram boti ishga tushirildi. 

Regulyator xabariga ko‘ra, bu jismoniy shaxslarga valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu bot orqali 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valuta ayirboshlash bankomatlarini banklar va hududlar kesimida izlash (shahar va tuman bo‘yicha) imkoniyati mavjud. 

Bankomatlar joylashgan manzillar to‘g‘risidagi ma'lumotlar doimiy yangilanib turiladi, deyiladi ma'lumotda.

Top