21:10 / 10.06.2020
7025
«O‘zbekneftgaz» tarixida ilk marta «Ernst & Young» tomonidan MHXS audit xulosasi berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida, «O‘zbekneftgaz» AJda xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit o‘tkazildi.

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida, «O‘zbekneftgaz» AJda xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit o‘tkazildi.

Shtab kvartirasi Londonda joylashgan «Ernst & Young» – dunyodagi yirik auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Jahondagi 150 mamlakatdagi yirik korxonalar faoliyati bo‘yicha audit o‘tkazadigan ushbu kompaniya «O‘zbekneftgaz» AJ faoliyati bo‘yicha o‘z audit xulosasini berdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga asosan, O‘zbekneftegaz» AJ, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, gazni qayta ishlash zavodida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish bo‘limlari tashkil etildi.

«O‘zbekneftegaz» AJda xalqaro korporativ kredit reytingini olish xamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unga muvofiq «O‘zbekneftegaz» AJ 2016 – 2019 yil uchun barcha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlari xalqaro reyting agentligiga taqdim etilmoqda.

Ushbu audit xulosa orqali «O‘zbekneftgaz» AJ xalqaro reyting agentliklari, moliyaviy va yuridik konsultantlar bilan hamkorlikda korporativ kredit reytingini olish, savdolar, aktivlar rentabelligi, aktivlar va majburiyatlarning aylanishi darajasi hamda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha xalqaro amaliyot asosida belgilanadigan minimal talablarni amaliyotga joriy etishni maqsad qilgan.

Shuningdek, joriy yilda hisob va hisobot bo‘yicha xalqaro standartlar (ISAR)ning tamoyillari va talablariga muvofiq hisobot e'lon qilishning korporativ standartlarini joriy etish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS)ni qo‘llash hamda har chorakda faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish va e'lon qilish ham rejalashtirilgan.

Global hisobot tashabbusi (GRI)ga muvofiq, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar bo‘yicha hisobot chop etish ishlari ham amalga oshirilishi belgilandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Top