Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov vafot etdi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abduqahhor Ibrohimov vafot etdi. Bu haqda uyushma xabarida aytilgan.

Foto: O‘zA
Abduqahhor Ibrohimov Toshkentning Ko‘kcha dahasida 1939 yilning 16 avgustida dunyoga kelgan.1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1975-1977 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan.
Respublika Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi San'at ishlari boshqarmasida bosh muharrir, 1990-1993 yillarda Respublika Prezidenti Devonida maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1994 yildan buyon respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» markazida xizmat qilgan.
Abduqahhor Ibrohimovning «Arra», «Meni aytdi demang», «Zo‘ldir», «Bir o‘likka bir tirik», «Bu zamon o‘g‘loni», «Tusmol», «Sochqi», «Mayli, mayli», «Ofarin», «Puch», «Shayton yo‘li» komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qo‘yilgan.
Unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi
Jahon | 11:41
-
Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak
Jahon | 11:21
-
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:16