Dala çetlariga ekin ekmagan fermerlarni jarimaga tortiş va butun yer maydoniga yer soliğini 3 karra oşiriş haqidagi qonun parlamentda birinçi öqişdan ötdi. Kun.uz iqtisodçi Otabek Bakirov va fermerlar huquqlari faoli Kamoliddin Ikromovdan bunday yangilikning oqibatlari haqida söradi.

Şokir Şaripov, jurnalist: Qanday salbiy oqibatlari bor bu qonunning?

Otabek Bakirov, iqtisodçi: Birinçi navbatda, qonundan maqsad nima? Mening nazarimda, oxirgi yillarda özbek byurokratiyasi özbek iqtisodiyotining turli sektorlari ustidan nazoratni kuçaytiriş yöliga ötgan. Ya’ni har bitta byurokratiyaning yangi nazorati ular uçun yangi vakolatlar beradi, yangi korrupsion imkoniyatlar beradi. Bu qonun böyiça öşa dala çetlarini nazorat qiladigan Qişloq xöjaligi vazirligi qoşidagi nomi uzun agentlik belgilanyapti. Ular 1 aprelgaça kim dala çetida mahsulot ekmadi, kim mahsulotini yetiştirmadi, lozim darajada – soliq organlariga bu töğrisida axborot beradi. Şundan keyin qöşimça soliq majburiyati va jarima paydo böladi. Ya’ni butun boşli yangi organ paydo bölyapti. “Dala çetlari vazirligi” desak ham böladi...

Ya’ni bizda byurokratiya özini özi kengaytiriş, öziga özi vakolat tuğdiriş xususiyatiga ega. Eng asosiy oqibat şu bilan boğliq böladi. Ya’ni biz yöq joydan, osmondan tuşgandek yana bitta byurokratik organ olyapmiz fermerlar ustidan, dehqon xöjaliklari ustidan. Bu birinçi oqibat.

Ikkinçi oqibat, yangi davrda ham töxtamagan bir dard – fermer xöjaliklarining mulkçilik huquqi himoya qilinmasligi, ular özlarini himoya qilişdagi imkoniyatlar va resurslar mörtligi va zaifligi bilan boğliq. Ularga har qanday vaj bilan, har qanday bahona bilan bosim ötkaziladi, yerini, hosilini tortib oliş, xuddi bolşeviklarça rekvizitsiya qilib oliş mumkin. Bu qonun qabul qilinadigan bölsa, fermerlarning yerlarini tortib oliş, nima mahsulot yetiştirgan bölsa, öşa mahsulot bilan boğliq bölgan bosim ötkaziş masalasida yana bitta qöşimça bosimçi paydo böladi: “Agar sen mening aytganimni qilmaydigan bölsang, hozir agentlik boradi, dala çetlaringni tekşiradi. Men bilaman, dala çetlaringga ekmagansan. Tabiiyki, senga nisbatan mana şunça soliq, mana şunça jarima paydo böladi” degan vaj paydo böladi, tuşunyapsizmi? Boşlangan bölsa ham kerak.

Uçinçi masala — korrupsion masala. Bilsangiz, Karimov paytida taksistlarning ustidan Daryotrans degan bitta nomi uzun bir maxluq taşkilot bölar edi. Taksistlarni legallaştirmas edik-da, izidan quvib yurib jarima solar edik, bu ğirt korrupsion institutga aylanib qolgan edi: pulini berib, davom ettiraverardi işini taksistlar. Muammo esa yeçilmas edi. Korrupsiya işlayverardi. Bu yerda ham xuddi şunday jarayon paydo bölib qoladi. Ya’ni faoliyatini davom ettirişni istagan, ularga qonuniy, tizimli çora körişni istamagan fermerlar, dehqonlar “kelişiş” yöliga, korrupsion munosabatlarga kirişadi. Hozirgi mavjud bölgan, özi şundoq ham keng bölgan korrupsion natijalar yana ham kengayadi.