11:39 / 23.06.2020
7558
Iste'molchiga elektr uchun 18 mln so‘m o‘rniga 89 mln so‘m hisoblandi 

Mazkur holat yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani “Qoybaq” OFY hududida joylashgan “Qaratau” MChJ rahbari M.Atajanov tomonidan murojaat qilingan. 

Murojaatga ko‘ra “Qaratau” MChJ rahbari M.Atajanov elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligi xususida ma'lum qilib, bu holatni qayta ko‘rib chiqishini so‘ragan.
“O‘zenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan ushbu murojaat asosida joyida o‘rganilganda, iste'molchi tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilmaganligi uchun quvvat koeffitsiyenti qiymatining elektr ta'minoti shartnomasida ko‘rsatilganiga nisbatan pasaytirilgani hisobiga 2020 yil aprel oyida reaktiv energiya kompensatsiya qilinmaganligi uchun 89 657 550 so‘m hisob-kitob qilinganligi aniqlandi. Iste'molchi tomonidan iste'mol qilingan har oylik aktiv va reaktiv elektr energiyasi miqdorini aniqlash orqali 18 591 881 so‘mga qayta hisob-kitob qilinib, o‘tkazilgan tahlil va ma'lumotlarga tayangan holda murojaatchining ushbu muammosi hal etildi.

Top