Qayd qilinişiça, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:10 da mamlakat elektr tarmoqlari işdan çiqqan. Şuningdek, fuqarolar issiqlik ta’minoti öçirilgani va içimlik suvi ta’minotida uzilişlar, şuningdek, ayrim uyali aloqa operatorlari tomonidan aloqa va internet uzilib qolayotganidan şikoyat qilgan.
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qömitasi xabariga köra, Duşanbedagi elektr tarmoğida avariya röy bergan, oqibatda nimstansiyaning haddan taşqari yuklama ostida qolgani sababli, şaharda elektr energiyasi öçirilgan.
«Duşanbe şahridagi elektr tarmoğida avariya yuz berdi, oqibatda şahar mahalliy vaqt bilan 11.10 dan 13.54 gaça elektr energiyasidan uzildi. Nurek GES orqali elektr energiyasini qabul qiluvçi nimstansiyaning haddan taşqari yuklama ostida qolgani tufayli avariya sodir böldi», deyiladi xabarda.
Duşanbedagi nimstansiyada şoşilinç ta’mirlaş işlari olib borilgan, 2 soat 44 daqiqadan söng elektr ta’minoti tiklangan.













