18:18 / 03.07.2020
18315

Nuqsonli chiqqan «Lasetti» yangisiga almashtirib berildi

Shahrisabz tumanida yashovchi Jamshid Imomov yangi sotib olgan mashinasi sifatsiz chiqqani haqda murojaat qilgandi.

Xaridor joriy yil 8 may kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan «DRIVER’S VILLAGE» avtosalonidan «Lasetti» avtomashinasi xarid qilgan. Ammo tez orada uning bo‘yog‘i sifatsiz ekani ma'lum bo‘lib qolgan.

«UzAuto Motors» AJ va avtosalon mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan tahlil natijasi ham mashinaning nuqsonli ekanligini ko‘rsatgan. Dastlab «UzAuto Motors» AJ vakillari avtomashinani ta'mirlab berishgan, ammo ta'mirdan xaridorning ko‘ngli to‘lmagan.

Bu haqda 2 iyul kuni Kun.uz’da «Avtosalondan nuqsonli holda sotilgan «Lasetti» yangisiga almashtirib beriladimi?» sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Bugun xaridor Jamshid Imomov tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib «UzAuto Motors» AJ korxonasi tomonidan nuqsonli avtomashina yangisiga almashtirib berilganini ma'lum qildi.

 

Mavzuga oid
Top