16:53 / 07.07.2020
6537
JSST Xitoy va Mo‘g‘ulistondagi qora o‘lat o‘ta xavfli emasligini ma'lum qildi

 6 iyul kuni Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanidagi chorvadorda qora o‘lat qayd etildi.

Foto: Xinhua/Wang Jing

 Xitoy va Mo‘g‘ulistondagi qora o‘lat bilan bog‘liq vaziyat yuqori darajada xavf tug‘dirmaydi, deb ma'lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST).

 "Ayni vaqtda yuqori darajadagi xavf mavjud deb hisoblamaymiz, ammo vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz", - dedi JSST vakili Margaret Xarris.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST bu masala bo‘yicha Xitoy va Mo‘g‘uliston hukumatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

 Xarrisning aytishicha, bu kasallikdan "davolash oson kechadi".

"Qora o‘lat hamisha bo‘lgan va asrlar davomida biz bilan qoladi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

6 iyul kuni Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanidagi chorvadorda qora o‘lat qayd etildi.

Shu munosabat bilan hududda biologik xavflilikning uchinchi darajasi e'lon qilingan va u 2020 yil oxirigacha amal qiladi.

Bundan avvalroq qora o‘latga chalinish holatlari Mo‘g‘uliston g‘arbida qayd etilgandi. Bu yerda ushbu kasallikka ikki kishi chalingan. Mahalliy hokimiyat xavotirga o‘rin yo‘qligini aytgan.

Top