Xitoyning Içki Möğuliston muxtor tumanidagi çorvadorda qora ölat qayd etildi. Bu haqda tumanda joylaşgan Bayan-Nur şahri soğliqni saqlaş komissiyasiga tayanib “Sinszinbao” naşri ma'lum qilgan. 

Hozirda bemor mahalliy şifoxonada yakkalangan, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.  

Şu munosabat bilan hududda biologik xavflilikning uçinçi darajasi e'lon qilingan va u 2020 yil oxirigaça amal qiladi.

“Şaharda qora ölat tarqalişi xavfi mavjud. Aholi şaxsiy himoya qoidalariga rioya qilişi va kasallik haqidagi xabardorligini oşirişi lozim. Epidemik xavfli hayvonlarga, birinçi navbatda suğurlarga ov qiliş taqiqlanadi. Ölik yoki kasal hayvonlar aniqlanganda bu haqida darhol hokimiyat idoralariga xabar qiliş lozim”, deyilgan xabarda.

Şuningdek, tana harorati yuqori va kasallikning boşqa alomatlari kuzatilgan odamlarga özlari haqida şifokorlarga xabar qiliş belgilab qöyilgan.

Bundan avvalroq qora ölatga çaliniş holatlari Möğuliston ğarbida qayd etilgandi. Bu yerda uşbu kasallikka ikki kişi çalingan. Mahalliy hokimiyat xavotirga örin yöqligini aytgan. Kasallik Möğulistonda taomga işlatiladigan suğurlar orqali yoki ular nimtalaganda, kasallangan burga çaqqanda yoki hayvon tişlaganda yuqişi mumkin.

Kasallikning öziga xos xususiyati limfa tugunlarining oğriqli yalliğlanişi hisoblanib, buning ortida ğurralarga öxşaş bezlar hosil böladi. Kasallikning inkubatsion davri 2-6 kunni taşkil qiladi. Agar qora ölat davomida zotiljam rivojlansa, u havo-tomçi yöli bilan ham yuqişi mumkin.

XIX asr oxirigaça qora ölatdan ölim darajasi 95 foizgaçani taşkil qilgan. Hozirda kasallikni öz vaqtida davolaş boşlansa, uni antibiotiklar yordamida nisbatan yengil yengiş mumkin.