Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2 kg simob moddasini sotayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi
Toshkent shahri Yashnobod tumanida, yo‘l chetida fuqaro M.M.ning sumkasidagi shisha idish ichida umumiy qiymati salkam 54 million so‘mlik 2 kg. simob moddasini «shartli xaridor»ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan to‘xtatib qolindi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tezkor tadbir Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.
Ma'lumot uchun, simob va simobli birikmalar – davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiradi.
Mirobodda 170 mln so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muxofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda, Toshkent shahar Mirobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.O.ning Mirobod tumanida joylashgan xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon yer to‘lasidan fuqaro Sh.G.ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 57 million so‘mlik, jami 4740 quti har xil turdagi O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagan, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, fuqaro Sh.O.ning onasi Sh.G. ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonning chap tomondagi xona va uning ostidagi yer to‘lasidan umumiy qiymati 113,6 million so‘mlik, jami 6350 quti O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagan, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotgani fosh qilindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 170 550 000 so‘mlik jami 11 090 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025