Jahon | 23:38 / 12.07.2025
9144
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rossiya tomoni muzokaralarda aynan shunday talabni qo‘yayotganini ta’kidladi.

Foto: REUTERS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga rozi bo‘ladi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Kislitsa aytdi.

«Putinning mandati bizni taslim bo‘lishga majbur qilishdir. Ularning mantig‘i biznikiga qarama-qarshi. Biz keling, liderlar sammitiga shart-sharoit, konstruktiv muhit yaratish uchun sulhdan foydalanaylik, deyapmiz. Ammo ular ochiqchasiga yo‘q, avval bizning talablarimizni qabul qilasiz – taslim bo‘lasiz, shundan so‘ng liderlar uchrashuvini tashkil qilamiz. Keyin ushbu talablarni amalga oshirish bilan shug‘ullanasiz, demoqda», dedi Kislitsa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi muzokaralarni talab qilishda davom etadi, chunki, Rossiyada eng muhim qarorlar «faqat bir kishi tomonidan qabul qilinadi». Shu sababli, delegatsiyalar yuqori natijalarga erisha olmaydi.

«Bu, menimcha, Rossiya taktikasining elementlaridan biri. Ular mutaxassislarimiz uchrashsin, bir-biri bilan muloqot qilish uchun telefon raqamlarini almashsin, deyishyapti. Biz buni cheksiz Minsk jarayonlarida ham ko‘rganmiz. Harakatlar ko‘p bo‘ladi, odamlar uchrashadi, birga o‘tiradi, cheksiz suhbatlashadi - lekin hech qanday natija bo‘lmaydi», dedi Kislitsa.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid