«Toshkent-aero» IBK tezkor tuzilmalari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birgalikda uchib kelgan uch nafar fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Ushbu jarayonda mazkur fuqarolar tomonidan yashirilgan, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan zargarlik buyumlari borligi fosh bo‘ldi.

Aniqlangan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 781 grammni, qiymati taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra salkam 970 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Hozirda ushbu zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.









