12:52 / 17.07.2020
8441
«Har bir bemor kunlik nazoratda» – Yunusobod tuman hokimi aholiga murojaat qildi

Yunusobod tuman hokimi Rahmonbek Usmonov tuman aholisiga murojaat qilib, koronavirus tarqalishining oldini olishda birlashishga chaqirdi.

«10 iyuldan boshlab karantin choralari yana kuchaytirildi. Chunki kim bo‘lishidan qat'i nazar – bozordagi sotuvchimi, oluvchimi, uydan chiqqandan keyin karantin choralarini bajarish majburiyligi to‘g‘risida unutib qo‘ydi. Shundan keyin yana karantin qilishga majbur bo‘ldik.

Joylardagi kasallik holatlari bo‘yicha «kasallik ko‘payib ketdi», «vaziyat nazoratdan chiqib ketdi» degan gaplar yuribdi. Hech qanaqasiga. Hammasi nazoratda.

5 iyuldan boshlab kasallikni simptomsiz kechirayotgan bemorlarga uyda davolanishga ruxsat berildi. Har bir bemor – uyda davolanayotgani ham, shifoxonada davolanayotgani ham tuman hokimiyati, tuman sektorlari orqali kunlik nazoratga qo‘yilgan. Ularni davolash uchun kerakli dori-darmonlar ham, joylar ham yetarli.

Sizlardan iltimos, har bir odam o‘zining sog‘ligi uchun, oila a'zolari uchun karantin normalarini bajarsa, niqoblarni vaqtida taqib yursa, 1 avgustdan yana hammasi joyiga tushadi. Hammamiz birlashib shu ishlarni amalga oshirishni so‘rardim», dedi tuman hokimi.

U tuman davlat idoralari xizmatchilarining o‘z vazifasini bajarmaslik holatlari kuzatilsa, shaxsan o‘ziga murojaat qilish mumkinligini ta'kidlagan.

«Hokimiyat, tuman davlat idoralari xizmatchilari o‘z xizmat vazifasini to‘liq bajarmayotgan bo‘lsa, aholi vakillari menga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqishlari mumkin. Shaxsiy telefon raqamim – +99898-311-44-84», dedi u.

Yunusobod tumani aholisi koronavirus bilan bog‘liq savollar va tibbiy maslahat bo‘yicha murojaat qilishi mumkin bo‘lgan raqamlar:

Yunusobod tuman tibbiyot boshqarmasi axborot maslahat markazi: 71-234-03-03

Tumandagi sektorlar bo‘yicha:

1-sektor: 71-237-66-41

2-sektor: 71-202-07-69

3-sektor: 71-231-21-55

4-sektor: 71-235-88-59

Top