16:10 / 24.07.2020
3096
PFL Superliga 1-davrasini markazlashtirilgan holda yakunlaydi

4-tur uchrashuvlaridan boshlab qayta tiklangan Superliganing yana 6 tur uchrashuvlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 10-tur arafasida esa jamoalarda kasallanish holatlari paydo bo‘la boshladi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL iyul oyining so‘nggi o‘n kunligiga reja qilingan 10-11 tur uchrashuvlarini qoldirishga majbur bo‘ldi. 

«Kuz faslining har bir oyida O‘zPFL 10 kundan muddatni milliy jamoaga berishiga to‘g‘ri keladi. Demak, umumiy yana 30 kun davomida milliy chempionat o‘yinlarini o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL vaqtdan yutqazmaslik uchun Superliganing I davrasini markazlashtirilgan holda yakunlashga qaror qildi. Rejaga ko‘ra, 3 avgustdan boshlab Superliga qayta tiklanadi hamda 15 avgust kuni I davra o‘z yakuniga yetadi. Yakshanbadan tashqari har kuni futbol uchrashuvlari o‘tkaziladi. Yakshanba kunlarida esa klublar umumiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

Bunda har bir klub o‘zi istiqomat qiladigan obektdan faqatgina mashg‘ulot va o‘yin maydonlariga o‘z avtobusida safar etadi. Klublar qarorgohi talab etilgan kunlarda muntazam dezinfeksiya qilinadi. Har bir klub joy olgan obekt nazoratda bo‘lib, delegatsiya oldiga begona kishilar qo‘yilmaydi. Ikki hafta davomida futbolchilar ham boshqa yumush bilan tashqariga chiqarilmaydi», - deyiladi PFL rasmiy xabarida.

Shuningdek, O‘zPFL O‘FA yordamida hakamlar brigadalarini ham alohida obektda bo‘lishlarini ta'minlaydi. Ular ham karantin qoidalariga to‘la amal qilishi ta'minlanadi. 15 avgustga qadar mamlakatdagi vaziyat yaxshilansa, O‘zbekiston kubogi uchrashuvlaridan boshlab uy-safar tizimiga qaytiladi. Bu qaror holatning qanday kechishidan kelib chiqib, qayta muhokama qilinadi. 

«Markazlashgan musobaqada kuniga 3 tadan ortiq uchrashuv o‘tkazilmaydi. Bu holat nafaqat translatsiya huquqiga egalik qiluvchi Sport-TV uchun, balki boshqa OAV uchun ham qulaylik yaratadi. Quyida uchrashuvlar taqvimi bilan tanishish imkoniyati bor. Qaysi uchrashuvning qaysi maydonda o‘tishi masalasiga O‘zPFL kelayotgan hafta aniqlik kiritadi», deyiladi manbada.

Superliga. 10-tur

3  avgust, dushanba

NASAF — SO‘G‘DIYoNA

BUNYoDKOR — MeTALLURG

OKMK — LOKOMOTIV

4 avgust, seshanba

QO‘QON-1912 — PAXTAKOR

MASh'AL — ANDIJON

QIZILQUM — BUXORO

5 avgust, chorshanba

SURXON — NAVBAHOR
 
11-tur

6 avgust, payshanba

SO‘G‘DIYoNA — BUNYoDKOR

7 avgust, juma

PAXTAKOR — NASAF

ANDIJON — OKMK

LOKOMOTIV — QO‘QON-1912

8 avgust, shanba

NAVBAHOR — MASh'AL

MeTALLURG — QIZILQUM

BUXORO — SURXON

 12-tur

10 avgust, dushanba

NASAF — BUNYoDKOR

QIZILQUM — SO‘G‘DIYoNA

PAXTAKOR —  LOKOMOTIV

11 avgust, seshanba

OKMK — NAVBAHOR

SURXON — MeTALLURG

QIZILQUM — SO‘G‘DIYoNA

12 avgust, chorshanba

MASh'AL — BUXORO
 
13-tur

13 avgust, payshanba

ANDIJON — PAXTAKOR

LOKOMOTIV — NASAF

14 avgust, juma

SO‘G‘DIYoNA — SURXON

NAVBAHOR — QO‘QON-1912

BUNYoDKOR — QIZILQUM

15 avgust, shanba

BUXORO — OKMK

MeTALLURG — MASh'AL.

Qayd etilishicha, 3 avgustga qadar jamoalarda bugungi kundagi vaziyat haqida yetarlicha xulosa chiqarish, kasallangan futbolchilarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni oyoqqa turg‘azishda imkoniyat bo‘ladi. 3 avgustdan boshlab esa ehtimoliy kasallanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar masalasi bilan shug‘ullanish uchun SEOA yordamida alohida komissiya tuziladi. Bunda kasallangan futbolchi bilan yaqin muloqotda bo‘lganlar tarixi o‘rganiladi va ular belgilangan tartibda izolyatsiyaga olinadi. Futbolchilarga va klublar personallariga mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bir-birlaridan masofa saqlash tavsiya etiladi. Zero jamoaning keyingi natijalariga bu o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Har bir klub asosiy tarkibida 45 nafargacha futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan kelib chiqib, ehtimoliy kasallangan futbolchilar maydonga tusha olmasa, ularning o‘rni boshqa futbolchilar bilan to‘ldiriladi. Ya'ni, karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan va intizomi kuchli bo‘lgan klublar bundan tabiiyki yutadi. 

«O‘zPFL oson bo‘lmagan davrda futbol klublarini bir yoqadan bosh chiqarishga, o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondoshishga chaqiradi hamda futbol jamoatchiligiga salomatlik tilaydi», - deyiladi PFL xabarida.

Top