18:33 / 25.07.2020
4161
Braziliya prezidenti koronavirusdan tuzalganini ma'lum qildi

Jair Bolsonaru shtatlarda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan cheklov choralarini tinmay tanqid qilib keladi.

Foto: Twitter

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru SARS-CoV-2 koronavirusiga test topshirgani va natija manfiy chiqqanini ma'lum qildi.

 «SARS-CoV-2ga test natijasi manfiy chiqdi. Barchaga xayrli kun», — deb yozdi Bolsonaru o‘z tvitterida.

Braziliya prezidenti virus yuqtirgani haqida 7 iyulda xabar qilgandi. 

 18 iyunda professor Elder Nakaya Braziliyada koronavirus yuqtirishlar soni keskin o‘sishining sabablarini keltirib o‘tdi. U bunga infeksiya mavjudligini inkor qilgan hamda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun jiddiy choralar kiritmagan Bolsonaru siyosati sabab bo‘lganini aytdi.

 Braziliya prezidenti shtatlarda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan cheklov choralarini tinmay tanqid qilib keladi.

Braziliya kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 2,2 millionta holat qayd etilgan, 85 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top