09:00 / 28.07.2020
16317

Ecover bilan jazirama issiqqa samarali yechim bor

Jazirama issiq kelishi bilan o‘yga tolib qolamiz. Xovli uylarda salqin joy topish mumkin. Ammo ko‘p qavatli xonadonlar-chi? Ecover mineral paxtasi issiqlikdan himoyalovchi eng samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Endi ko‘p qavatli xonadonlarda ham salqinlikdan rohatlanish mumkin.

Karantin vaqtida qo‘chaga chiqish cheklangan bir paytda ko‘p qavatli uyda yoz chillasiga bardosh berish osonmas. Shu sababli bahavo joylarni izlab qolamiz. Xo‘sh, endi nima qilish kerak? Uyingiz jaziramadan saqlanish uchun eng rohatbaxsh makonga aylanishini istaysizmi? Ecover nomli issiqlik qaytaruvchi paxta siz uchun samarali  yechim bo‘lib xizmat qiladi. Bunday paxtani hovli uylarning tom qismiga o‘rnatish afzalliklari haqida avval aytib o‘tilgan edi.

Nima uchun aynan Ecover mineral paxtasi?

Jazirama issiqda deyarli har bir ko‘p qavatli uyda konditsionerdan foydalaniladi. Chunki shahar issig‘ida bunday uylarda harorat me'yoridan ko‘tarilib ketadi. Faqat konditsionergina yagona himoyachi sifatida namoyon bo‘ladi. Tanlovingiz orasida Ecover mineral paxtasini xarid qilishni ham kiritib qo‘yish foydadan holi bo‘lmaydi. Odatda, ko‘p qavatli uylarga issiqlik balkon orqali o‘tadi.

Shu sababli ushbu mineral paxtani balkon ichki qismiga qoplashni tavsiya qilamiz. Ecover paxtasini balkon ichki qismiga qoplash orqali uydagi salqin havo tashqariga chiqib ketmaydi. Mineral paxta qoplangan uyda konditsioner ishlatsangiz ham hosil bo‘lgan salqin havo birdaniga yo‘qolib ketmaydi. Oddiy uyda konditsionerni 5-6 soat davomida yoqib qo‘ygan bo‘lsangiz, mineral paxta qoplangan joyda esa konditsioner 1-2 soat ishlashining o‘zi yetadi. Qolgan vaqtda mineral paxta salqin havoni saqlab beroladi. Bu esa sizni ortiqcha xarajatlardan qutqaradi.

Ahamiyatli tomoni 10-15 sm qalinlikdagi Ecover mineral paxtasi 2 metr qalinlikdagi g‘isht, 53 sm yog‘och, 44 sm gazobeton, 90 sm karamzitobeton o‘rnini bosa oladi.

Shu bilan birga, mineral paxta jarima yozda tashqaridagi issiq havoni, qahraton qishda esa sovuq havoni uyga kirgizmaydi. Ecover mineral paxtalarini0 50 yildan ortiq ishlatish mumkinligini hisobga olsak, yoz va qish oylarida elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun sarf etiladigan mo‘maygina mablag‘ni ham tejab qolgan bo‘lasiz. Paxta nam o‘tkazmasligi, turli hasharotlarni chaqirmasligi, umuman yonmasligi va hatto 700 ⁰C haroratga bardoshliligi bilan asosiy tanlovingizga aylanishi shubhasiz. 

Murojaat uchun telefonlar:

+99871 2076776

+99897 4607877

+99897 4097877 (vodiy viloyatlari uchun) 

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

Telegram: t.me/ecoverclimat

Sayt: www.ecover.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top