Bu qanchalik ziddiyatli tuyulmasin, ammo, yoz faslida bino salqin bo‘lishi uchun uning issiqlik izolyatsiyasini mustahkamlash talab etiladi. Tashqarida havo juda issiq, uyning ichi dim, konditsioner esa elektr hisoblagichni beminnat aylantirib, to‘xtamasdan ishlab yotibdi. Tanish holatmi? Unda uyning ichidagi salqinlik qayerga yo‘qolmoqda?
Tom orqali 25% salqinlik yoki issiqlik parlanib chiqib ketadi. Shifer yoki profnastil quyosh nurlari ostida tez qizib, buning oqibatida tom ostida yoki mansardada nafas olib bo‘lmaydigan darajada havo dim bo‘lib ketadi. Shu issiqlik xonalarga ham o‘tadi. Ecover mineral paxtasi sizni bunday muammolardan xalos qilish uchun ajoyib yechimdir.


Albatta, tomni isitgich bilan qoplash – uy termal izolyatsiyaning bir qismi xolos. Biroq, hatto bu kabi kichik harakat ham yoz oylarida bino ichidagi salqinlikni saqlashga ancha yordam beradi. O‘zingizga uy qurish, mansardani jihozlash yoki pardoz ta'mirini bajarish paytida tomga Ecover mineral paxtasini yotqizishni unutmang. Bu ishni ustani jalb qilmasdan isitgichni tomda bir necha qavat shaklida yotqizib osongina bajarishingiz mumkin.
15-20 sm tavsiya etilgan qalinlikda 300 m² kattaligigacha bo‘lgan qoplama 2,5-3 mln so‘mga aylanadi. Bu bilan siz uyingizda qulay mikroiqlim yaratasiz va konditsionerni tunu-kun ishlash mashaqqatidan xalos qilasiz. Yana Ecover isitgichini 50 yildan ortiq ishlatish mumkinligini hisobga olsak, yoz va qish oylarida elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun sarf etiladigan mo‘maygina mablag‘ni ham tejab qolgan bo‘lasiz.



Bundan tashqari, tovush izolyatsiyasi sizga yoqimli bonus sifatida taqdim etiladi. Tashqarining yoqimsiz shovqini sizni ortiq bezovta qilmaydi. Ecover mineral paxtasi boshqa isitish materiallaridan o‘zining universalligi bilan ajralib turadi. U devor, pol, tom singari binoning istalgan bo‘lagiga mos keladi.
Ecover mahsulotining boshqa afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Yong‘inga chidamli.









