Asrimizni bemalol ulkan qurilişlar asri, deb atasak böladi. Lekin bunyodkorlik işlari muttasil takomillaşib borişi zarur. Bugungi kunda bino va inşootlarga köp yillar davomida qöyilgan talablar – mustahkamlik va haşamatdan taşqari kamxarjlik, energiyatejamkorlik, tezkor bitkaziş va yengil materiallardan foydalaniş kabi ehtiyojlar ilgari surilmoqda.

Ecover: Biz nimani taklif va taqdim etamiz?
Bir qaraşda hammasi juda oddiy – biz keçagi kunning emas, bugun va ertangi kunning talabiga köra işlaş, zamon bilan hamnafas bunyod etiş ğoyasini ilgari suramiz. Taklifimizning mohiyati – hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning ilğor tajribasi tahliliga asoslanib, ma'muriy binolar va uy-joylarni qurişda yengil turdagi metal-karkas usullardan foydalanişdan iborat.

Buning afzalligi nimada?
Bizda köp qöllaniladigan odatiy usuldagi temir-beton, ğişt va sement qorişmalaridan qurilgan binolarga nisbatan yengil metall-karkas konstruksiyali binolar quyidagi afzalliklarga ega: qurilişning qisqa muddatda yakunlanişi, karkas konstruksiyalarining zilzilabardoşligi, yuqori energiya samaradorligi va bino loyihalari tarhini istalgan paytda, tezkorlik bilan özgartirişdagi yengilliklar şular jumlasidandir.
100 foizgaça qayta işlaş mumkin bölgan ekologik toza mahsulotlar işlatilişi, şovqin, namlik va havodan samarali himoya binolar içida şinamlik hamda qulaylikni ta'minlaydi.

Mineral tarkibli Ecover issiq saqlovçi materiallari qöllanilişi devor konstruksiyalarining öziga xos «termos» vazifasini bajarişiga zamin yaratadi va içki haroratni 2-3 sutkagaça saqlaş imkonini beradi. Qişda issiqni, yozda salqin havoni saqlab turiş öz navbatida ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirişda qöl keladi.
Ayniqsa joriy yilda qişning sovuq kelişiga oid prognozlarga e'tibor qaratilsa, bu xususiyatlarning naqadar muhimligi ma'lum böladi. Iqlimi murakkab hududlar aholisi bu afzalliklarni sinab köriş orqali baho berişlari mumkin.














