08:43 / 28.07.2020
10055
«Kobalt» va tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 26 iyul kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan «Kobalt» rusumli avtomashinani maxsus stiker orqali Olmazor ko‘chasida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u harakat xavfsizligini ta'minlay olmay qarama-qarshi tomondan kelayotgan «Damas» rusumli tez yordam mashinasiga borib urilgan

Natijada, «Kobalt» haydovchisi ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi bilan shikastlangan. Tez yordam mashinasi haydovchisi esa og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tez yordam avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. 

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top