Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida yirik yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, joriy yilning 13 may kuni soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Şota Rustaveli köçasida YTH qayd etilgan.
1972 yilda tuğilgan haydovçi M.T. boşqaruvidagi Matiz, 1998 yilda tuğilgan haydovçi A.A. boşqaruvidagi Lacetti, 1982 yilda tuğilgan haydovçi R.A. boşqaruvida bölgan Spark va 1996 yilda tuğilgan haydovçi S.D. boşqaruvida bölgan Isuzu rusumli avtomaşinalar töqnaşuvi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.













