Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida bir neça inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotga köra, YTH 12 may kuni soat 9:50 lar atrofida Şerobod tumani Uzunsoy mahallasi hududida sodir bölgan. 1965 yilda tuğilgan Ş.D. Tracker maşinasini “Toşkent-Şerobod” yönalişida boşqarib kelib, boşqaruvni yöqotgan. Buning oqibatida maşina yöl çetida töxtab turgan yuk maşinasiga borib urilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada YTHga yöldagi notekislik sabab bölgani aytilmoqda.
YTH oqibatida haydovçi Ş.D. va uning turmuş örtoği M.Ş. voqea joyida halok bölgan. Maşinada yölovçi sifatida kelayotgan 70, 44 hamda 50 yoşli 3 nafar ayol oğir tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan.
YTH yuzasidan hozirça rasmiy ma’lumot berilgani yöq.
Avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida odam ölimi bilan yakun topgan yöl-transport hodisasi sodir bölgani xabar qilingandi.

















