20:11 / 01.08.2020
13230
Qoraqalpog‘istonda 2 ming o‘rinlik maxsus karantin zonasi barpo etilmoqda

Nukusda 2000 o‘ringa mo‘ljallangan koronavirusli bemorlar uchun maxsus davolash markazlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, bemorlar uchun taqsimot markazlari Nukus shahrining turli hududlarida tashkil qilinmoqda:

  • Nukus iqtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining ikkita sport zalida 336 o‘rinlik;
  • Nukus sport maktabining 7ta zalida 390 o‘rinlik;
  • Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 168 o‘rinlik markaz tashkil etilmoqda.

Nukus garnizonida 5 gektar maydonda esa 1000 o‘rinli konteynerlardan iborat karatin zonasi qurilmoqda. Zona qoshida 100 nafar bemorni davolashga mo‘ljallangan klinika qurilishi ham boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch shahrida koronavirus yuqtirib olgan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlar tashkil etilayotgani haqida xabar berilgandi.

Top