23:59 / 04.08.2020
41359
Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 746 holat qayd etilib, jami holatlar soni 27 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 4 avgust kuni 746ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 27 ming 47taga yetdi. Bugun shuningdek, 789 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 4 avgust kuni mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning 23 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 723 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Respublikaning 8 hududida koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilgan.

Yangi holatlar:

  • O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 23 holat (barchasi xorijdan kelgan) 

Tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahrida 489 holat;
  • Toshkent viloyatida 157 holat;
  • Samarqand viloyatida 31 holat;
  • Xorazm viloyatida 14 holat;
  • Navoiy viloyatida 14 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 11 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 5 holat;
  • Andijon viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+789)
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda 789 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 18 ming 51 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

  • Toshkent shahrida 340 nafar;
  • Toshkent viloyatida 181 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 88 nafar;
  • Samarqand viloyatida 87 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 34 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar;
  • Namangan viloyatida 19 nafar;
  • Xorazm viloyatida 12 nafar;
  • Andijon viloyatida 6 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Bugun Toshkent shahrida 4 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. SSVning rasmiy statistikasida qayd etilgan o‘lim holatlari soni 165taga yetdi.

  • Birinchi o‘lim: 28 iyul kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 80 yoshli bemor O.A. (erkak) vafot etdi; 
  • Ikkinchi o‘lim: Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashagan 41 yoshli bemor F.T. (erkak) vafot etdi; 
  • Uchinchi o‘lim: Koronavirus tasdiqlangach, 27 iyul kuni og‘ir ahvolda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli bemor A.A. (erkak) vafot etdi; 
  • To‘rtinchi o‘lim: 26 iyul kuni koronavirus alomatlari kuchaygan va nafas yetishmovchiligi og‘irlasha boshlagach, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, Sergeli tumanida yashagan 30 yoshli bemor B.A. (erkak) vafot etdi; 
  • Beshinchi o‘lim: Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli L.R. (ayol);
  • Oltinchi o‘lim: Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 42 yoshli Sh.X. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda 8 831 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 619 nafari og‘ir, 155 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top