14:46 / 05.08.2020
4202

Honda uch oyda 764 mln dollar zarar ko‘rdi

 Honda avtomobil bo‘linmasi aprel-iyunni 195,89 mlrd iyen operatsion zarar bilan yakunladi – bir yil ilgari esa 120,38 mlrd iyen foyda bilan chiqqandi.

Foto: epa/vostock-photo

Yaponiyaning Honda Motor avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi koronavirus pandemiyasi sababli savdo hajmi tushib ketishi oqibatida yilning ikkinchi choragini zarar bilan yakunladi.

 Kompaniya hisobotida aytilishicha, u aprel-iyun davomida  80,87 mlrd iyen (764,9 mln dollar) zarar ko‘rgan. O‘tgan yilning shu davrida esa 172,3 mlrd iyen sof foydaga erishgan.

Kompaniyaning choraklik aylanmasi 47 foizga, 2,124 trln iyengacha tushib ketgan.

Honda avtomobil bo‘linmasi aprel-iyunni 195,89 mlrd iyen operatsion zarar bilan yakunladi – bir yil ilgari esa 120,38 mlrd iyen foyda bilan chiqqandi. Motosikllar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasining operatsion daromadi esa 84 foizga, 11,20 mlrd iyenga tushib ketdi.

Kompaniya Shimoliy Amerika va Yaponiya bozorlarida eng ko‘p zarar bilan chiqqan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top