Hujjat bilan şahar atrofi va viloyat içidagi şaharlararo muntazam zararli avtobus yönalişlarida yetkazilgan zararni qoplaş böyiça davlat xizmati körsatişning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- şahar atrofi va viloyat içidagi şaharlararo muntazam zararli avtobus yönalişlaridagi xarajatlarni kompensatsiya qiliş;
- xarajatlarni qoplaş uçun arizalarni körib çiqiş;
- zararli avtobus taşişlari uçun subsidiyalar beriş.
Tijorat asosida yölovçi taşiş xizmatlarini körsatuvçi va litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslarning şahar atrofi va viloyat içidagi şaharlararo avtobus yönalişlarida 30 foizgaça zarar bilan işlaydigan avtobus yönalişlari zararli hisoblanadi (Toşkent şahri bundan mustasno).
Qoraqalpoğiston Respublikasi Transport vazirligi, hududiy boşqarmalar tomonidan zararli avtobus yönalişlari reyestri yuritiladi.
2025 yil 1 fevraldan boşlab, subsidiya oliş böyiça davlat xizmatini oliş uçun taşuvçi YaIDXP orqali zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.
Mas’ul organlar 5 kun içida qaror qabul qiladi. Uşbu xizmat bepul körsatiladi.












