O‘zbekistonning tarixiy obidalari va me'moriy yodgorliklari ICESKO islom merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin
ICESKO’ning yetakchi mutaxassislarini O‘zbekistonning ilmiy-tadqiqot markazlariga jalb qilish ham rejalashtirilmoqda.
2020 yil 4 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Siddiqov videokonferensiya shaklida Islom olami fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESKO) bosh direktori Salim al-Malik bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va ICESKO o‘rtasidagi hamkorlikning holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
ICESKO’ning yetakchi mutaxassislarini O‘zbekistonning ilmiy-tadqiqot markazlariga jalb qilish, qo‘shma xalqaro konferensiyalar tashkil etish, jahon tamadduni rivojiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari haqida kitob nashr etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Ilg‘or tajriba almashish va innovatsion ta'lim usullarini joriy etish uchun xorij mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, ICESKO tomonidan o‘tkaziladigan forum va anjumanlarda o‘zbekistonlik arab tili o‘qituvchilarining ishtirok etishiga qiziqish bildirildi.
Salim al-Malik O‘zbekistonning tarixiy islomiy obidalari va me'moriy yodgorliklarini Tashkilotning Islom merosi ro‘yxatiga kiritishga ICESKO tayyorligini ma'lum qildi.
Muzokaralar davomida maxsus onlayn video-teledasturlar va seminarlardan foydalangan holda pandemiya sharoitida o‘quv jarayonini davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:18 / 09.11.2023
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi o‘rindoshlik asosida Kanadadagi elchi etib tayinlandi
09:10 / 02.05.2023
Furqat Siddiqov Jo Baydenga ishonch yorlig‘ini topshirdi
10:10 / 04.04.2023
Furqat Siddiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ish boshladi
15:20 / 03.03.2023