Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Siddiqov örindoşlik asosida mamlakatning Kanadadagi (qarorgohi Vaşingtonda) elçisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Furqat Siddiqov may oyida Özbekistonning AQŞdagi elçisi sifatida prezident Jo Baydenga işonç yorliqlarini topşirgan edi. Şuningdek, u oktyabr oyida  Özbekistonning Braziliyadagi elçisi (qarorgohi Vaşingtonda) etib tayinlangani töğrisidagi işonç yorliği nusxasini topşirgan.

Avval Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan Furqat Siddiqov 52 yoşda. U 1993 yilda Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida «ÖzDeuElektroniks» QK, Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti işlagan. 

2002 yildan beri TIV tizimida turli lavozimlarda faoliyat körsatib kelmoqda. Xususan, Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida, Pokistondagi elçi, vazirning örinbosari va birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan. 

Furqat Siddiqov 2017-2023 yillarda Özbekistonning AQŞ, şuningdek, örindoşlik asosida Kanada va Braziliyadagi elçisi bölib işlagan Javlon Vahobov örniga tayinlangan.