"Hozirgina işonç yorliqlarini topşiriş marosimidan olingan suratlarni oldim. Prezident Jo Bayden bilan uçraşiş men uçun katta şaraf böldi.

Mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va hamkorlikni mustahkamlaş, strategik şerikligimizni yanada mustahkamlaşga intilaman", deb yozdi Furqat Siddiqov Twitter'da.

3 mart kuni Oliy Majlis Senati Özbekistonning AQŞdagi elçisi lavozimiga Furqat Siddiqov nomzodini ma’qullagandi.

Furqat Siddiqov 1971 yil 7 fevralda Toşkentda tuğilgan. 1993 yilda Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan. UzDaewoo Electronics QKda boş mutaxassis (1993−1995), Prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakçi ilmiy xodim (1995−2002, 2007−2011) lavozimlarida işlagan.

Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida attaşe (2002−2007), uşbu elçixonaning birinçi kotibi (2011−2015), Özbekistonning Pokistondagi elçisi (2015−2020) lavozimlarida işlagan.

Furqat Siddiqov 2020 yil mayda Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari bölgan, 2022 yil noyabridan taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.

2017 yildan buyon Özbekistonning AQŞdagi diplomatik missiyasini Javlon Vahobov boşqarib kelayotgan.