"Bugun men elçi, protokol boşliği Rufus Gifford bilan uçraşdim va işonç yorliqlari nusxasini taqdim etdim. Biz mamlakatlarimiz örtasidagi uzoq yillik mustahkam ikki tomonlama aloqalarni yanada çuqurlaştiriş yöllari yuzasidan samarali suhbatlaşdik", deydi Furqat Siddiqov.

3 mart kuni Oliy Majlis Senati Özbekistonning AQŞdagi elçisi lavozimiga Furqat Siddiqov nomzodini ma’qullagandi.

Furqat Siddiqov 1971 yil 7 fevralda Toşkentda tuğilgan. 1993 yilda Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan. UzDaewoo Electronics QKda boş mutaxassis (1993−1995), Prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakçi ilmiy xodim (1995−2002, 2007−2011) lavozimlarida işlagan.

Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida attaşe (2002−2007), uşbu elçixonaning birinçi kotibi (2011−2015), Özbekistonning Pokistondagi elçisi (2015−2020) lavozimlarida işlagan.

Furqat Siddiqov 2020 yil mayda Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari bölgan, 2022 yil noyabridan taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

2017 yildan buyon Özbekistonning AQŞdagi diplomatik missiyasini Javlon Vahobov boşqarib kelayotgandi.