Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chorvoq» suv omborida cho‘milish va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq» suv omborining sanitariya xavfsizligiga oid hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Foto: lookmytrips.com
Qaror bilan suv omborida suzish vositalaridan foydalanish va aholining cho‘milishi taqiqlanishi mumkin.
Izohlanishicha, Toshkent shahri va viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashda strategik ahamiyatga ega suv omborida suvning sanitariya-gigiyenik holati maishiy va kimyoviy chiqindilar tashlanishi sababli yomonlashib bormoqda.
Shuningdek, «Chorvoq» suv ombori joylashgan hudud relefining murakkabligi, suvning chuqurligi 220 metrdan oshishi, suvda suzuvchi transport vositalaridan foydalanish va aksariyat holatlarda aholi tomonidan cho‘milish qoidalariga rioya etilmasligi cho‘kish bilan bog‘liq noxush holatlarga olib kelgan.
Xususan, 2ta skuterning to‘qnashishi oqibatida 2017 yilda 2 nafar va 2015 yildan 2020 yilning iyul oyiga qadar 8 nafar fuqaro cho‘kish oqibatida vafot etgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ombor suvi ifloslanishining oldini olish va aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida:
- «Chorvoq» suv omborida motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrosikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanishni taqiqlash;
- plyajlar tashkil etishni va suv ombori qirg‘og‘ida aholining cho‘milishini taqiqlash;
- maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega vazirlik va idoralarga o‘z motorli qayiqlaridan foydalanishlariga ruxsat berish;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuqoridagi talablarga rioya etilishi bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish taklif etilmoqda.
FVV tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasi 23 avgustga qadar muhokamada bo‘lishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Kavkaz «Barselona»si. «Qorabog‘» YeChLda tarix yozmoqda
Sport | 20:14 / 06.11.2025
Xitoyda talaba bo‘lish va yashash: buni qanday amalga oshirish mumkin?
Ta’lim | 17:38 / 06.11.2025
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
Jahon | 23:30 / 07.11.2025
-
Migrantlar uchun imtiyozli sug‘urta va avtobuslarning yo‘nalish raqami ko‘rinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:59 / 07.11.2025
-
Istanbul Bosh prokuraturasi Netanyahuni genotsidda ayblab, hibsga olishga order berdi
Jahon | 22:49 / 07.11.2025
-
Toshkent metrosi bekatlarida kichik kutubxonalar tarmog‘i ochildi
Jamiyat | 22:20 / 07.11.2025
Mavzuga oid
08:04 / 29.09.2025
«Mashinasozlar» bekatidan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar qatnovi to‘xtatildi
10:00 / 10.08.2025
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
23:49 / 04.08.2025
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
10:44 / 02.08.2025