O‘zbekiston | 20:23 / 19.01.2026
2771
2 daqiqa o‘qiladi

«Sea Breeze Uzbekistan» turistik majmuasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tadi

Jamoatchilik eshituvi loyihasi doirasida hududni rejalashtirish va qurilish yechimlari, atmosfera havosi, suv va tuproqqa bo‘ladigan ta’sir, chiqindilarni boshqarish, yashil hududlar va suv obektlarini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik choralari va monitoring masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Foto: Scott Brownrigg

23 yanvar kuni Bo‘stonliq tumani hokimligida «Sea Breeze Uzbekistan» turistik majmuasi qurilishi loyihasi bo‘yicha atrof-muhitga ta’sirni baholash yuzasidan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tadi. Unda jamoatchilik vakillari, mutaxassislar va barcha manfaatdor tomonlar ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi xabar berdi.

Jamoatchilik eshituvi loyihasi doirasida hududni rejalashtirish va qurilish yechimlari, atmosfera havosi, suv va tuproqqa bo‘ladigan ta’sir, chiqindilarni boshqarish, yashil hududlar va suv obektlarini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik choralari va monitoring masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Qayd qilinishicha, loyiha hujjatlari amaldagi ekologik qonunchiligi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. Loyiha bo‘yicha taklif va mulohazalarni jamoatchilik eshituvi davomida yoki yozma shaklda taqdim etish mumkin.

2025 yil avgust oyida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Chorvoq atrofidagi 577 gektar yer maydoni ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarovning «Sea Breeze Uzbekistan» loyihasi uchun ajratib berildi. Loyiha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida, Chorvoq suv omborining sharqiy qirg‘og‘i hududida joylashgan bo‘lib, zamonaviy turistik infratuzilmani barpo etishni nazarda tutadi. Loyihaning qiymati 5 mlrd AQSh dollari etib belgilangan. Agalarov loyihani 2025-2035 yillarda amalga oshirishi belgilangan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid