Maktabni öqituvçilarga ta’mirlatgan direktor işdan haydaldi: ta’mir uçun bir tiyin ajratmagan hokim-çi, uni söraydigan yöqmi? Gaz uçun subsidiyalar budjetni öpiryapti: trillionlar qayerga ketayotgani nega oçiqlanmaydi? Çorvoqda kurort-şahar qurilişi tasdiqlandi: va’da qilingan jamoatçilik muhokamasi ham, ekologik ekspertiza ham bölgani yöq. Ortda qolgan hafta mavzulari – Kun.uz dayjestida.

Öqituvçini ta’mirçi ustaga aylantirayotgan kim?

Har avgustda şu bölar takror: Özbekiston böylab maktablarni ta’mirlaş yana öqituvçilar gardaniga tuşyapti. Andijon va Samarqand viloyatlarida közga taşlanib qolgan holatlar yana öşa eski muammo – hokimlarning maktablar ta’miriga pul ajratmasligi masalasini jamoatçilik e’tiboriga olib çiqdi.

Marhamat tumanidagi 42-maktabdan tarqalgan videoda yigirmadan ortiq öqituvçi tozalaş-ta’mirlaş işlari bilan bandligini köriş mumkin. Ularning ayrimlari mehnat ta’tilidan çaqirib olingan. Mehnat inspeksiyasining aniqlaşiça, maktab direktori öqituvçilarni majburan çaqirgan, kelmaganlarga dars soatlari kam berilişini aytgan. Buning uçun direktor işdan böşatilib, 41 mln söm jarimaga tortildi.

Samarqand şahridagi 24-maktabda esa, pedagoglar hayot uçun xavfli balandlikda ta’mirlaş işlarini bajarişga majbur böldi. “Holat örganilyapti” degan mazmundagi bayonotdan keyin 3 kun ötib ham, örganiş natijalari oçiqlangani yöq.

Tarmoqlarda juda köp tanqidlarga sabab bölgan bu holatlar – ötgan hafta tayinlangan yangi vazir E’zozxon Karimova uçun bu lavozimdagi ilk rezonansli vaziyatlar edi. U fursatdan foydalanib barça hokimlarga oçiq murojaat yöllaşi, ularni maktablar ta’miri böyiça zimmasidagi majburiyatlarni bajarişga çaqirişi, majburiy mehnatga yöl qöyilmasligi haqida şaxsan bayonot bilan çiqişi mumkin edi. Lekin yangi vazir köriniş bergani yöq, faqatgina uning matbuot xizmatidan rasmiy munosabatlar yangradi. Bu munosabatlarda muammoga tizimli yeçim zarurligi haqida heç narsa deyilmagan.